TMC xalqaro instituti

TMC (technology, management, communication) instituti Singapurning nufuzli oliygohlaridan biri boʻlib, Angliyaning University of Northampton bilan hamkorlikda 2021-yili Toshkent shahrida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
Bugungi kunda oliygohda 800 ga yaqin talaba “Buxgalteriya hisobi”, “Turizm va mehmonxona ishi”, “Biznes”, “IT” hamda “Logistika” yoʻnalishlarida taʼlim olmoqda. Shuningdek, oliygoh oʻz hamkorlari bilan birgalikda 2+2 qoʻshma dasturni yoʻlga qo’ygan. Har yili institutda oʻquv yili davomida oʻzini koʻrsatgan 10 nafar iqtidorli talabaga 100 foiz miqdorda grant oʻrni ajratiladi. Oʻquv dasturi va taʼlim Singapur hamda Buyuk Britaniyadan taklif etilgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi. 3-kursda talabalar uchun Singapur davlatining nufuzli korxonalarida amaliyot oʻtash imkoni yaratilgan. Bakalavr yoʻnalishini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga Angliyaning the University of Northampton diplomi beriladi.

2021
800
Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʻchasi.