Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Toshkent arxitektura va qurilish instituti 1991-yilda Toshkent politexnika institutining arxitektura, sanoat-qurilish hamda muhandis qurilish fakultetlari negizida tashkil etilgan.
Institutning 26 ta taʼlim yoʻnalishida 5 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga 322 nafar professor-oʻqituvchilar, jumladan, 1 nafar akademik, 29 nafar fan doktori va 117 nafar fan nomzodi taʼlim bermoqda. Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzurida 1 ta akademik litsey, 2 ta texnikum va 2 ta malaka oshirish markazi faoliyat koʻrsatadi. Oliygohda zamonaviy axborot-resurs markazi mavjud boʻlib, undagi kitoblarning umumiy fondi 200 000 dan ortiq. Institut jahonning koʻzga koʻringan 78 ta oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Oliygoh Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi davlatlar bilan oliy taʼlim sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Belorussiya milliy texnika universiteti bilan bakalavr bosqichi uchun moʻljallangan 6 ta taʼlim yoʻnalishida “2+2”, Moskva arxitektura instituti bilan 1 ta, Germaniyaning Anxalt amaliy fanlar universiteti bilan 1 ta va Polshaning Belostok texnika universiteti bilan 1 ta “1+1” magistrlar uchun qo’shma ta’lim dasturiga ega. Oxirgi uch yil davomida institutda 6 ta xalqaro ilmiy va taʼlimga oid loyihalar amalga oshirilmoqda.

1991
4500
Toshkent sh, Shayxontohur tumani, Navoiy shoh ko‘chasi, 13-uy, pochta indeksi: 100011