Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2019-yilda tashkil etilgan. Filialda 1 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, shu jumladan, soʻnggi 2 yil ichida 5 ta kafedra yangidan tashkil etildi. Oliygohda 1 500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 48 ta professor-oʻqituvchi, xususan, 16 ta fan nomzodi va 6 ta fan doktori taʼlim bermoqda. Oliy oʻquv yurti xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzgan. Ularga Rossiyaning Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg telekommunikatsiyalar universiteti, Latviya amaliy bilim va texnologiyalar universiteti hamda Germaniyaning Vaynshtefan-Triezdorf amaliy bilim universiteti kabilarni misol qilib keltira olamiz. Talabalarga qoʻshma taʼlim dasturi doirasida oʻqish mkoniyati yaratilgan boʻlib, ular iqtisodiyot (oziq-ovqat tuzilmasini boshqarish), axborot tuzilma va texnologiyalari (tarmoq va sohalar boʻyicha) va raqamli iqtisodiyot taʼlim yoʻnalishlarida oʻz bilimini oshirishi mumkin.