Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) 1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, 1991-yil 19-iyundan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga aylantirildi.
Oliygohda 28 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, talabalar oʻzbek hamda rus tillarida oʻqitiladi. “Kelajak bunyodkorlari” sifatida oʻzini eʼtirof etuvchi universitet talabalari kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida tahsil olish imkoniyatiga ega. Oliygoh taʼlim sifatini oshirish maqsadida 38 ta xorijiy davlatning 163 ta oliy taʼlim muassasasi bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Shu bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xorijiy 9 ta oliy taʼlim muassasasi, xususan, Aristotel va Porto universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Universitetda xalqaro almashinuv dastur va grantlari mavjud boʻlib, talabalarning Janubiy Koreya, Hindiston, Yevropa va Buyuk Britaniyada joylashgan, yetakchi universitetlarda tahsil olishiga keng imkoniyat yaratilgan. Universitet Oʻzbekistondagi oliy talim muassasalari reytingida 14-oʻrinda qayd etilgan. Oliygoh qoshida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xoʻjayev, tadbirkor Jahongir Ortiqxoʻjayev va hozirda Microsoft kompaniyasi Sunʼiy intellekt yechimlari departamenti direktori Umid Axmedov universitetning faxriy bitiruvchilari hisoblanadi.

1931
8300
Toshkent sh, Chilonzor tumani, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 49-uy