Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

2016-yilda O‘zbekiston Milliy universitetidagi o‘zbek filologiyasi fakulteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi. Oliygohda bakalavr va magistrlik dasturlari asosida 13 ta taʼlim yoʻnalishida 3 mingga yaqin talaba oʻzbek hamda rus tillarida tahsil olmoqda. Talabalarga Nagoya, Indiana, Nyu York, Ontario, Arkanzas universiteti professorlari bilim bermoqda. Universitet qoshida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litsey faoliyat yuritadi. Respublika miqyosida 45-oʻrinda qayd etilgan oliygoh 50 dan ortiq xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalariga ega. Ular orasida AQSh, Kanada, Fransiya, Angliya, Italiya kabi Yevropaning rivojlangan davlatlari universitetlari borligi quvonarli. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida talabalar uchun Turkiyaning mashhur universitetlarida tahsil olish imkoniyati ham yaratilgan. Hozirgi kunda oliygohda 200 dan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. Universitet bir necha assotsiatsiyalarga aʼzo boʻlib, birgina Erasmus loyihalari doirasida 100 ga yaqin talaba koʻpgina Yevropa davlatlarida tahsil olmoqda. Oliygoh qoshida yozgi maktab ham oʻz ish faoliyatini boshlagan.

2016
2600
Toshkent sh, Yakkasaroy t, O‘qituvchi ko‘chasi, 103-uy