Toshkent davlat pedagogika universiteti

Malakali pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent davlat pedagogika universiteti 1935-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti pedagogika fakulteti negizida institut sifatida tashkil etilgan. 1947-yilda institutga Nizomiy nomi, 1998-yilda esa universitet maqomi berildi.
Bugungi kunga kelib, oliygohda 9 ta fakultet tarkibidagi 19 ta taʼlim yoʻnalishida 12 000 talaba tahsil olmoqda. Ularga 500 ga yaqin professor-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Kutubxonasida 900 000 ga yaqin asar saqlanadigan oliygoh qoshida innovatsion texnologiyalar markazi hamda akademik litsey faoliyat koʻrsatadi. Toshkent davlat pedagogika universiteti Germaniyaning Frayburg, Janubiy Koreyaning Chongbuk, Jeonju, Seul va yana 6 ta oliy taʼlim muassasasi, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy davlatlarida joylashgan 10 dan ortiq, umumiy hisobda 70 ga yaqin xalqaro oliy taʼlim muassasa va jamgʻarmalari bilan hamkorlik shartnomasini yoʻlga qoʻygan. Universitet qoshida Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatmoqda.

1935
28000
Toshkent sh, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 27-uy.