Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Markaziy Osiyoda joylashgan yagona sharqshunoslik, oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet 1918-yilda Turkiston sharqshunoslik instituti nomi bilan tashkil etilgan. 2020-yilda aynan shu institut negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 30 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitetda arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, pushtu, uygʻur tillari bilan bir qatorda, yapon, koreys, turk tillari va adabiyoti chuqur oʻrgatiladi. Oliygoh koʻpgina mashhur universitetlar bilan xalqaro hamkorlik shartnomalariga ega boʻlib, ular bilan koʻpgina loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki bilan birgalikda “Forsayt markazi” investitsion markazi ochildi. Universitet uchun raqamli konferensiya va kongress tizimlari, 2 ta lingafon xona uchun dasturiy taʼminot, texnik vositalar sotib olindi. Shu bilan birga, oliygohda 6 ta sharq tillari boʻyicha professional, sinxron tarjimonlar tomonidan trening kurslari mavjud. Universitet qoshida akademik litsey hamda Urganch va Namanganda joylashgan texnikumlar faoliyat koʻrsatmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari reytingida 13-oʻrinda qayd etilgan. Gruziya Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Giunashvili janoblari universitet faxriy bitiruvchisi hisoblanadi.

1918
1600
Toshkent sh, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 25-uy.