Toshkent davlat transport universiteti

Transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent davlat transport universiteti 2020-yilda tashkil etilgan.
Hozirda oliygohda 18 000 dan ortiq talaba 57 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Universitetda zamonaviy axborot-resurs markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, undagi jami fond 774 000 tani tashkil etadi. Ulardan 231 000 dan ortigʻi ilmiy, 270 000 tasi darslik hamda 212 000 tasi oʻquv qoʻllanma hisoblandi. Shuningdek, universitetda raqamli taʼlim texnologiyalari markazi, Language club xorijiy til markazi hamda “Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi” faoliyat koʻrsatmoqda. Toshkent davlat transport univeristeti Angliya, Italiya, Polsha, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va boshqa koʻplab xorijiy mamlakatlarda joylashgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Universitet talabalari 2023-yilning mart oyidan boshlab Polsha davlatining Sileziya Texnologiya Universitetida 6, 7, 8 semestrni oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi. Toshkent davlat transport universiteti qoshida akademik litsey ham faoliyat koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo oliy taʼlim muassasalari reytinggiga koʻra, Toshkent davlat transport universiteti 120-oʻrinni band etgan.

2020
18000
Toshkent sh, Odilxo‘jayev ko‘chasi, 1-uy.