Toshkent davlat yuridik universiteti

Respublikadagi yuridik fan markazlaridan biri hisoblangan Toshkent davlat yuridik universiteti tarixi 1918-yilda tashkil etilgan Turkiston xalq universiteti yuridik kafedrasiga borib taqaladi. 1991-yilga kelib, Toshkent davlat universitetining yuridik fakulteti negizida Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etildi.
Oliygohda 2 000 dan ortiq talaba yuridik sohaning 4 ta yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Universitetda 279 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 33 nafari fan doktori, 82 nafari fan nomzodi, 23 nafari professor, 42 nafari dotsent ilmiy daraja va unvonlariga ega. Toshkent davlat yuridik universiteti Yaponiyaning Nagoya hamda Osaka universitetlari, Germaniyaning Germaniya ommaviy-huquqiy boshqaruv tadqiqot instituti, AQSHʼning Boston kolleji huquq maktabi, Fransiyaning Tuluza 1 Kapitoliy universiteti hamda boshqa koʻplab mashhur oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan xalqaro xususiy huquq, Qozogʻiston Respublikasining M.S.Narikbaev nomidagi KAZGYU universiteti bilan “Xalqaro iqtisodiy huquq” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash borasida kelishuvga erishildi. Shuningdek, Turkiyaning Anqara Boyazid Yildirim universiteti, Polshaning Varshava universiteti bilan qoʻshma taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalasida muzokaralar olib borilmoqda. Oliygoh qoshida Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatadi. Universitet Oʻrta Osiyo oliy taʼlim muassasalari reytinggida 401-oʻrinda qayd etilgan. Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva hamda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari Xushnud Xudoyberdiyev universitetning mashhur bitiruvchilari hisoblanadi.

1991
2000
Toshkent sh, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.