Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1991-yilda tashkil etilgan. Institutda 7 000 dan ziyod talaba 25 dan ortiq taʼlim yoʻnalishida tahsil olmoqda. Oliygoh oʻtgan davr mobaynida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini 10 000 dan ortiq malakali muhandis va texnologlar bilan taʼminladi. Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasida 30 dan ortiq yoʻnalishlarda minglab magistrlar tahsil oldi. Institutda sanoat chiqindisidan foydalanib, ekologik xavfsiz, import oʻrnini bosuvchi va eksportga moʻljallangan texnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, energiyani tejovchi mahalliy mineral xomashyo bazasini tashkil etishga doir tadqiqot olib borilmoqda. Neft va gazdan olinadigan mahsulot turini koʻpaytirish – institutning eng asosiy maqsadlaridan biri. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun oliygoh D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi, Gollandiyadagi Larenshteyn kasb-hunar taʼlim universiteti, Avstriyadagi Vena texnika hamda Germaniyaning Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqarini oʻrnatgan. Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriat, magistratura va integratsiyalashgan oʻquv dasturini taklif etadi. Xususan, talabalarga doktoranturada oʻqishni davom ettirish va oʻqituvchi malakasini olish imkoniyati taklif etiladi. Bularning barchasi 5 ta fakultet doirasida amalga oshiriladi.

1991
Toshkent sh, Shayxontohur t, Navoiy shoh koʻchasi, 32-uy.