
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 1972-yilda Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyoti instituti nomi bilan tashkil etilgan. Oliygohda 3 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, I pediatriya fakulteti, II pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti, Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti, Xalqaro fakultet hamda Oliy hamshiralik ishi fakuteti faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, magistratura, doktorantura va malaka oshirish kurslari ham mavjud. Institut zamonaviy oʻquv qurollari va nodir adabiyotlar bilan toʻldirilgan axborot-resurs, ilgʻor texnologiyalar va strategik tashabbuslar, til taʼlimi hamda raqamli texnologiya va oʻqitishning texnik vositalari markazlariga ega. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 50 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Jumladan, Janubiy Koreyaning Yonsey, Seul, Bundang, Ajou hamda Induk tibbiyot universitetlari, Ispaniyaning Santyago de Kompostela universiteti, Rossiyaning Qozon, Novosibirsk, Kursk tibbiyot institutlari, Angliyaning Lids hamda Italiyaning Piza oliygohlarini ushbu roʻyxatda koʻrish mumkin. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshida institut klinikasi hamda akademik litseyi faoliyat koʻrsatadi.

