
Toshkent shahridagi Adju universiteti
Toshkent shahridagi Adju universiteti Janubiy Koreyaning Adju universiteti bilan hamkorlikda 2020-yilda tashkil etilgan. Universitet arxitektura, qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Oliygoh oʻquv dastur va rejalari Janubiy Koreyaning Adju universiteti tomonidan amalga oshiriladi. Hozirga kelib 3 ta fakultet doirasida 1 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oʻqitish tizimi boshqa oliy taʼlim maskanlaridan farqli ravishda universitet onlayn platformasida olib boriladi, bu esa talabalarga kompyuter yoki mobil qurilma orqali vazifalarni topshirish, muhokamalarda ishtirok etish, testlar bajarish va professor-oʻqituvchilar bilan aloqa qilish imkonini beradi. Toshkent shahridagi Adju universiteti bir qator yetakchi va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Mimar group, Artel, HSNK arxitektura va muhandislik kompaniyasi, Koreya Respublikasi taʼlim markazi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, British Council hamda Anhalt amaliy fanlar universiteti shular jumlasidandir.

