Toshkent shahridagi Inha universiteti

Janubiy Koreya Respublikasining Inha universiteti bilan hamkorlikda asos solingan Toshkent shahridagi Inha universiteti oʻz faoliyatini 2014-yilda boshlagan.
Oliygohda 1 500 dan ortiq talaba “Dasturiy injiniring va kompyuter injiniringi”, “Logistika”, “Biznes boshqaruvi” kabi yoʻnalishlarda tahsil olmoqda. 2021-yilda oliygohda raqamli transformatsiyadagi MBA magistratura yoʻnalishi ochildi. Universitetda ingliz tili tayyorlov kurslari, talabalar assotsiatsiyasi, SAP next gen laboratoriyasi, Oracle, Microsoft Imagine hamda Cisco akademiyalari faoliyat olib boradi. Talabalar bilimini ragʻbatlantirish maqsadida har yili eng yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan 10 nafar talaba Koreyaning Inha universiteti yozgi maktabida bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, oʻquv yili davomida har semestrda 15 ta eng yaxshi talabaga toʻliq hamda yarim grantlar ajratiladi. Universitet qoshida Toshkent shahridagi Inha universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatadi.

2014
1170
Toshkent sh, Mirzo Ulugʻbek t, Ziyolilar koʻchasi, 9-uy.