Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2018-yilda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Bugungi kunda oliygohda 8 000 dan ortiq talaba gumanitar, tabiiy fanlar, muhandislik va sanʼat sohalarida koreys, oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida taʼlim olmoqda. Janubiy Koreyadagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda “Koreys tili va menejment”, “Axborot texnologiyalari”, “Multimedia va oʻyin” hamda “Elektron biznes” yoʻnalishlarida 2+2, “Maktabgacha taʼlim”, “Arxitektura”, “Diyetologiya va nutritsiologiya” yoʻnalishlarida esa 3+1 qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyilgan. Universitet qoshida talabalar kengashi, til kurslari hamda zamonaviy axborot-resurs markazi faoliyat olib boradi. Toshkent shahridagi Puchon davlat universiteti Apex, Leader school, Erudite education, Genesis education, Fortuna education kabi taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

2021
8000
Toshkent sh, Chilonzor t, Qatortol koʻchasi, 2-berk koʻcha, 38a-uy.