Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

“Tadbirkorlik va menejment”, “Biznes va marketing”, “Bank va moliya”, “Buxgalteriya va moliya”, “Biznesda hisob-kitob” kabi yoʻnalishda malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2007-yilda tashkil etilgan.
Oliy taʼlim muassasasining 15 ta bakalavr, 5 ta magistratura taʼlim yoʻnalishida 5 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliygohda ilmiy tadqiqot loyihalari markazi mavjud boʻlib, Elseviyer kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus hamda Science direct maʼlumot bazasini yoʻlga qoʻygan. Institutning xalqaro reytingdagi mavqeini oshirish uchun Cybermetrics Labʼdan oʻquv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Oliygoh 2011-yildan buyon Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan birgalikda mamlakatimizdagi tijorat bank xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etib kelmoqda. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Turkiyaning Selchuk, Rossiyaning Sochi hamda Rossiya davlat turizm va servis universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Vusong universiteti kabi 20 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.

2007
4500
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 28-uy.