Toshkent tibbiyot akademiyasi

Yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1919-yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakulteti sifatida oʻz faoliyatini boshladi. 1931-yildan boshlab fakultet mustaqil institutga aylantirildi.
Bugungi kunda tibbiyot akademiyasining 14 ta yoʻnalishi mavjud boʻlib, ularda 10 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Oliygohda 6 ta fakultet yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 1 000 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, jumladan, 190 nafar fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi va taʼlim xodimlari faoliyat yuritmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi oʻquv, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida Germaniyaning Leypsig va Bonn universitetlari, Buyuk Britaniyaning London metropoliten hamda Birmingem universitetlari, Janubiy Koreyaning Seul va Asan tibbiyot universiteti, shuningdek, boshqa koʻplab mashhur oliygohlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning Koryo universiteti bilan hamkorlikda qiymati 400 000 AQSH dollariga teng loyiha amalga oshirilmoqda. Akademiya qoshida Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi faoliyat koʻrsatadi.

1920
9500
Toshkent sh, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 2-uy.