
Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti
Respublikadagi ilk ingliz tilida taʼlim olib borishga ixtisoslashgan Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti 2002-yilda tashkil etilgan.
Oiygohdagi barcha dastur va yoʻnalishlar Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasining universitetgacha taʼlim, umumtaʼlim, bakalavr, magistratura hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari mavjud boʻlib, jami 5 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliygohda “Biznes boshqaruvi”, “Iqtisodiyot”, “Iqtisodiyot va moliya”, “Tijoriy huquq” hamda “Biznesda axborot tizimlari” kabi yoʻnalishlar mavjud. Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida zamonaviy axborot-resurs markazi va akademik litsey faoliyat olib boradi. Oliygoh xalqaro hamkorlik aloqalarini yaxshi yoʻlga qoʻygan boʻlib, SDSN, ACCA, AdvanceHE, Pearson, SAP, Bloomberg, British Council, Erasmus+ kabi tashkilotlar, shuningdek, Leybnits universitetining AOMO instituti, Chartered insurance institute, International food policy research institute kabi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Toshkent Xalqaro Vestminister universiteti Oʻrta Osiyo oliy taʼlim muassasalari reytinggida 35-oʻrinda qayd etilgan.

