University of Management and Future Technologies

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida malakali kadrlar tayyorlovchi Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (University of management and future technologies) 2020-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda universitetning “dasturiy injiniring”, “infokommunikatsiya injiniringi”, “raqamli iqtisodiyot”, “moliya va moliyaviy texnologiyalar” hamda “pedagogika va psixologiya” taʼlim yoʻnalishlarida baklavriat hamda 3 ta taʼlim yoʻnalishida magistr darajasini olish uchun 600 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, kirish imtihonlarida yaxshi natija koʻrsatgan 180 nafar boʻlajak talabaga 75, 50 hamda 25 foizli grantlar ajratiladi. Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent moliya universiteti, Guliston davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi hamda Uztelecom kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.

2022
600
Toshkent sh, Diydor koʻchasi, 71-uy.