Urganch davlat universiteti

Hozirgi Urganch davlat universiteti 1934-yilda Xorazm oʻqituvchilar tayyorlash instituti nomi ostida tashkil etilgan. Keyinchalik 1942-yilda bu muassasa nomi Xorazm davlat pedagogika institutiga oʻzgartirilgan. 1992-yilda institutga universitet maqomi berildi va Urganch davlat universiteti sifatida oʻz faoliyatini boshladi.
Universitetning 76 ta bakalavr taʼlim yoʻnalishida, 37 ta magistratura mutaxassisligida 30 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliygoh jahonning rivojlangan 30 ta mamlakatidagi 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Jumladan, Portugaliyaning Portu, AQSHning Kaliforniya, Turkiyaning Ankara, Janubiy Koreyaning Silla hamda Ispaniyaning Barselona universitetlarini kiritishimiz mumkin. Shu bilan birga, universitetda 8 ta qoʻshma taʼlim yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan. Urganch davlat universiteti 8 ta xalqaro oliy taʼlim muassasasi bilan xalqaro loyihalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, oliygoh 5 ta grant sovrindori hisoblanadi. Universitet qoshida Urganch davlat universiteti akademik litseyi faoliyat yuritmoqda.

1942
9453
Urganch sh, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy, pochta indeksi: 220100