
Japan Digital University
Yapon tili hamda IT muhandislik yoʻnalishlarida taʼlim berishni maqsad qilgan Yaponiya raqamli universiteti 2020-yilda tashkil etilgan.
Universitetda 5 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, boʻlajak talabalar “Muhandis-dasturchi”, “Kompyuter grafikasi va dizayn” kabi mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olishi mumkin. Oʻquv yilining dastlabki yarim yilida yapon tili boʻyicha intensiv darslar oʻtiladi, qolgan yarim yilda esa Yaponiyadagi universitet darslariga masofaviy qatnashish va IT sohasi mutaxassisligini oʻrganish imkoniyati yaratiladi, soʻnggi 3 yilda esa talabalar masofaviy shaklda Yaponiyadagi amaliy-loyihaviy ishlarni bajaradi. Bitiruvchilar bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonda tan olinadigan Yaponiya raqamli universiteti, OʻzDJTU hamda Yaponiya universiteti diplomini qoʻlga kiritadi. Yaponiya raqamli universiteti Yaponiyaning bir qancha oliy taʼlim muassasalari bilan, jumladan, Tokyo online university hamda Otemae university bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

